“O‘zbekkosmos” o‘zining xalqaro maydondagi aloqalarini kengaytirmoqda

Sana: 20.09.2022

“O‘zbekkosmos” agentligi Yevropada sunʼiy yo‘ldoshlarni ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan “Thales Alenia Space” (Fransiya-Italiya) vakillari bilan hamkorlik borasida uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar O‘zbekiston hududida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish hamda “Thales Alenia Space” kompaniyasi Yevropaning navigatsiya tizimi operatori sifatida ham faoliyat olib borishidan kelib chiqib, mamlakatda ushbu sohani rivojlantirish borasida seminar-treninglar olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati