“O‘zbekkosmos” va “Euroconsult” vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Sana: 21.09.2022

“Euroconsult” tashkiloti 1983 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab faoliyatini innovatsion texnologiyalarni iqtisodiy rivojlanishga taʼsirini o‘rganish bilan boshlagan. Keyinchalik o‘z yo‘nalishini kosmik sektorga qaratib, o‘z mijozlariga ushbu sohani rivojlantirishda strategik yechimlarni taklif eta boshladi. 2016 yilga kelib kompaniya xalqaro bozorga chiqishni ko‘zlab bir nechta mamlakatlarda o‘z ofislarini ochdi. Bugungi kunga kelib, “Euroconsult” kompaniyasining bosh ofisi Fransiyada bo‘lib, uning filiallari AQSH, Kanada, Yaponiya, Singapur va Avstraliya kabi yirik davlatlarda mavjud.

O‘z yo‘nalishida yetakchi hisoblangan mazkur tashkilot mutaxassislari bilan Agentlik vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama muzokaralar davomida, o‘zaro hamkorlikning samarali yo‘nalishlari, tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, strategik rejalarni amalga oshirish kabi bir nechta muhim masalalarni muhokama qildilar.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati