Sohada faoliyat olib boruvchi yana bir yetakchi tashkilot bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

Sana: 22.09.2022

“O‘zbekkosmos” agentligi Buyuk Britaniyaning “Survey Satellite Technologies Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning samarali yo‘nalishlari, qo‘shma loyihalar va tajriba almashish uchun seminar-treninglar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, “Survey Satellite Technologies Ltd.” kompaniyasi kichik hajmdagi sunʼiy yo‘ldoshlarni ishlab chiqarish, yerni masofadan zondlash, sunʼiy yo‘ldosh platformalarini yaratish va ishga tushirish kabi bir nechta xizmatlarni amalga oshiradi.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati