“SpaceX” bilan hamkorlik munosabatlarini yana-da kengaytirish muhokama qilindi

Sana: 23.09.2022

“O‘zbekkosmos” va “SpaceX” o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yana-da kengaytirish borasida uchrashuv o‘tkazishdi. Unda asosiy mavzulardan biri agar O‘zbekiston o‘zining nano yoki mini sunʼiy yo‘ldoshlarini uchirishga qaror qilsa, AQSH kompaniyasi bilan birga masalani o‘rganib chiqishga kelishildi.

Bundan tashqari “SpaceX” o‘zining hozirgi va kelgusidagi loyihalari bilan tanishtirib, kelajakda Agentlik bilan har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuv so‘ngida, O‘zbekistonda kosmik sohada malakali kadrlar tayyorlash va ularni salohiyatini oshirish yo‘lida AQSHda amaliyot o‘tashni yo‘lga qo‘yish ishlarini jadallashtirishga kelishib olindi.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati