“O‘zbekkosmos” va “Maxar Technologies” o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Sana: 23.09.2022

“O‘zbekkosmos” va “Maxar Technologies” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda hozirgi kunda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning holati, O‘zbekistonda “Maxar Technologies” tashkilotining vakolatli markazini tashkil etish, xorijiy texnik mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglarni o‘tkazish, geologiya yo‘nalishi bo‘yicha “Maxar Technologies”ning giperspektral sensorlari orqali tasvirga olish ishlarini rivojlantirish va tasvirlarni qayta ishlovchi hamkorlar bilan aloqalarni o‘rnatishga amaliy ko‘mak berish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik Memorandumini imzoladilar.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati