Sana: 26.09.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 144-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 274-sonli qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekkosmos” agentligi Yaponiyaning “Synspective” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Unga ko‘ra, mamlakatimizda seysmologiya, inshootlarining seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizligini taʼminlash sohalarini rivojlantirish hamda soha tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish. Shuningdek, sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirish, aholining seysmik xavfsizligini taʼminlashning yangi usullarini joriy qilish, shu bilan birga, kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruv organlarini kosmik suratlar bilan taʼminlash, shuningdek kosmik texnologiyalarni qo‘llash orqali ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish singari bir nechta qo‘shma loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
“World satellite business week 2022” haftaligi davomida Agentlik delegatsiyasi “Synspective” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, amaldagi qo‘shma loyihalarni holati, yaʼni, O‘zbekistondagi suv omborlarining kosmik monitoring natijalari va samarasi hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muhokamalar olib bordilar.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar kosmik monitoring bo‘yicha hamkorlikni yana-da kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish hamda shu sohada olib borilgan ilmiy ishlar bilan tanishish maqsadida Agentlik xodimlari malaka oshirish uchun Yaponiyaga borishi yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati