O‘zbekistonga sunʼiy yo‘ldosh aloqasini olib kirish masalasi muhokama qilindi

Sana: 28.09.2022

“Saturn Satellite Networks (SSN) Inc.” korporatsiyasi 2017 yilda AQSHning Delaver shtatida tashkil topgan. Bugungi kunga kelib tashkilot sunʼiy yo‘ldosh aloqasini davlatlar va operatorlarga taqdim etish xizmati bilan shug‘ullanadi.

Agentlik delegatsiyasi mazkur korporatsiya faoliyati va uning bu sohadagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida “Saturn Satellite Networks (SSN) Inc.” Vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Unda ko‘tarilgan asosiy mavzu, O‘zbekistonda sunʼiy yo‘ldosh aloqasi tizimini ishga tushirish va uni amalga oshirishda AQSH vakillarining imkoniyatlari hamda tizimni ishga tushirish muddatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar bu mavzu doirasida yana bir bor uchrashish va hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari hususida kelishib oldilar.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati