Kosmik monitoring

Sana: 19.10.2022

Hududlarni kosmik monitoringi bu – yerdagi o‘zgarishlarni Yerni masofadan kuzatish turlari orqali doimiy ravishda Yerni masofadan zondlash uchun mo‘ljallangan yerdagi va havodagi uskunalari orqali kosmosdan kuzatib borish (change detection) imkoniyatini beradi. Bundan tashqari obyekt va hududlardagi o‘zgarishlarning nazorati va Yerni masofadan zondlash natijasida Yer yuzasida sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘z vaqtida aniqlab ularni tahlil qilish mumkin bo‘ladi.

Kosmik monitoring esa, kosmik apparatlardan yer yuzasining holati to‘g‘risida muntazam maʼlumot olishdir.

Amaliyotda Yerni masofadan zondlashni ikkiga ajratish mumkin. Bular yerdan unumli foydalanish (Land User) va sanoat-iqtisodiy infratuzilmasidagi (Land Cover) obyektlarning monitoringi (LULC – Land User and Land Cover).

Bu nima uchun kerak

Sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari va kosmik monitoring turli sohalarda, jumladan, davlat, mintaqaviy va shahar rejalashtirish va boshqarishda tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Kosmik monitoring ulkan hududlarda va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlardan yer usti tadqiqotlari bilan deyarli erishib bo‘lmaydigan maʼlumotlarni olish imkonini beradi.

Kosmik monitoring atrof-muhit o‘zgarishini tezda aniqlashga, o‘zgarishlarning dinamikasi va sifatini baholashga hamda texnogen tizimlarning o‘zaro taʼsirini o‘rganishga imkon beradi.

Barqaror rivojlanishni (ESG) taʼminlash uchun yerdan foydalanishning hozirgi jarayonini va maʼlum vaqt davomida sanoat va iqtisodiy infratuzilmaning o‘zgarishini kuzatib borish kerak. Shaharning barqaror rivojlanishiga erishish va uning tartibsiz rivojlanishining oldini olish uchun shaharsozlik bilan bog‘liq organlar bunday rejalashtirish modellarini yaratishi kerak, shunda mavjud bo‘lgan har bir yer uchastkasidan eng oqilona hamda maqbul tarzda foydalanish mumkin.

LULC xaritalari mahalliy, mintaqaviy va milliy darajadagi dasturlarni rejalashtirish, boshqarish va kuzatishda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu turdagi maʼlumotlar, bir tomondan, yerdan foydalanish jihatlarini yaxshiroq tushunishni taʼminlaydi, boshqa tomondan, rivojlanishni rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan siyosat va dasturlarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.