“O‘zbekkosmos” agentligi tizimidagi mutaxassislar malaka oshirish seminarida ishtirok etmoqda

Sana: 22.11.2022

“O‘zbekkosmos” agentligi va Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlantirish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi hamda “Qozog‘iston Garish Sapari” Milliy kompaniyasi” (KGS) aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda O‘zbekistonlik soha vakillari uchun tajriba almashish va malaka oshirish kurslari boshlandi. Unda, Agentlik tizimidagi “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” xodimlari ishtirok etishmoqda.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad, Markaz mutaxassislarining geoaxborot tizimlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, Qozog‘iston Respublikasi tajribasini o‘rganish hamda mazkur ko‘nikmalarni amaliy darslar orqali mustahkamlash hisoblanadi.

Shuningdek, geoaxborot tizimlarining qishloq xo‘jaligi muammolarini yechishdagi o‘rni, ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari hamda yer ostidan foydalanish bo‘yicha operatsiyalarning kosmik monitoringi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha darslar (amaliy mashqlar) olib borilishi rejalashtirilgan.