• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
ESRI Saudi Arabia user conference

Sana: 17.01.2023

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida ESRI texnologiyalaridan foydalanuvchilar uchun tashkil etilgan  “ESRI SAUDI ARABIA USER CONFERENCE” tadbirida “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Ilk bora tashkil etilayotgan mazkur konferensiya davomida xalqaro ekspertlar soha yangiliklari, jumladan, sunʼiy intellekt, 3D modellash, xaritalashning yangi yo‘llari, kelgusi rejalar va “ESRI” tashkilotining biznes-strategiyasi haqida ishtirokchilarga maʼlumot berishadi.

Eslatib o‘tamiz, “ESRI” kompaniyasi geoaxborot tizimlari uchun dasturiy taʼminot hamda geolokatsiya va kartografiya yo‘nalishlarida dunyoning yetakchi tashkiloti hisoblanadi.