• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
“O‘zbekkosmos” agentligi Barqaror rivojlanish uchun (RESAP) mintaqaviy kosmik texnikani qo‘llash dasturi bo‘yicha Hukumatlararo maslahat qo‘mitasining (ICC-27) 27-sessiyasida ishtirok etdi

Sana: 03.08.2023

Joriy yilning 25-27-iyul kunlari “O‘zbekkosmos” agentligining Kosmik sohada innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘limi boshlig‘i Ismoil Rasulov Tailandning Bangkok shahrida bo'lib o'tgan Barqaror rivojlanish uchun (RESAP) mintaqaviy kosmik texnikani qo‘llash dasturi bo‘yicha Hukumatlararo maslahat qo‘mitasining (ICC-27) 27-sessiyasida ishtirok etdi.

Ushbu Hukumatlararo maslahat qo'mitasining asosiy vazifasi Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va Ijtimoiy Komissiyaga (ESCAP) mintaqada barqaror rivojlanishga erishish uchun kosmik texnologiyalar va ilovalardan qanday qilib eng yaxshi foydalanish bo'yicha siyosat va texnik maslahatlar berishdan iborat.

“O‘zbekkosmos” agentligining Kosmik sohada innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘limi boshlig‘i Rasulov Ismoil va , Filippin kosmik agentligi direktor o‘rinbosari doktor Gay Peres bilan birgalikda Barqaror rivojlanish uchun kosmik ilovalar bo‘yicha mintaqaviy dasturining Hukumatlararo maslahat qo‘mitasi yigirma yettinchi sessiyasida rais etib saylandi.

Ushbu lavozimni ketma-ket ikkinchi yil ushlab turgan holda, Ismoil Rasulov Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqaror rivojlanish uchun kosmik ilovalar bo‘yicha arakat rejasi (2018-2030- yillar) doirasida kosmik texnologiyalarni qo‘llashda va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi.

“O‘zbekkosmos” agentligi O‘zbekiston nomidan Barqaror rivojlanish uchun kosmik ilovalar bo‘yicha mintaqaviy dasturining Hukumatlararo maslahat qo‘mitasi doirasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqaror rivojlanish uchun kosmik ilovalar bo‘yicha  harakat rejasini (2018-2030 yillar) amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Shu bilan birga, mazkur qo‘mita Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining kosmik sohadagi boy tajribasini, xalqaro hamkorlikni kengaytirishni va mintaqaviy tadbirlarda faol ishtirok etish istiqbollarini o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratadi. Bunday ko‘p qirrali yondashuv kosmik tadqiqotlar sohasi va hamkorlikning tobora o‘sib borishiga ta’sirni kuchaytiradi.