• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Inha universitetining Aerokosmik Tibbiyot instituti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Sana: 07.08.2023

Joriy yilning 4-avgustda “Oʻzbekkosmos” agentligi va Inha universitetining Aerokosmik Tibbiyot instituti (Janubiy Koreya) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
 

Uchrashuv davomida Institut direktori professor Kim Kyu-Sung institut tarixi va hozirgi kundagi faoliyati hamda erishgan yutuqlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, Institutda aerokosmik tibbiyotga oid tadqiqotlarni oʻtkazish uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, Koreyadagi eng yirik kosmik muhitni simulatsiya qilish markazi haqida maʼlumot berildi.

Shu bilan “Oʻzbekkosmos” agentligi vakillari tomonidan kosmik taʼlimni rivojlantirish hamda yoshlar orasida kosmik sohaga qiziqishni ortirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar, shuningdek, Oʻzbekiston OTMlari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda Institutga yordam berishga tayyorligi haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻnalishlari va istiqbollarini aniqlash yuzasidan muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishdi.