• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
“Oʻzbekkosmos” agentligi delegatsiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi rahbariyati bilan uchrashdi

Sana: 07.08.2023

Joriy yilning 4-avgustida “Oʻzbekkosmos” agentligi direktori Shuxrat Kadirov boshchiligida delegatsiya va Oʻzbekiston Respublikasi Qiloshq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov va vazirlik masʼullari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvda “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan respublika iqtisodiyotining turli sohalarida kosmik texnologiyalarning qoʻllanish darajasini kengaytirish, yaʼni qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaliklari, yer munosabatlari, geologiya va mineral resurslar hamda ekologiya va atrof muhit sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Yigʻilishda “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish borasidagi tajriba, katta hajmdagi maydonlarga ilgʻor texnologiyalar yordamida ishlov berish boʻyicha platformani joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Bunda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan suv manbasidan ekin joylashgan konturgacha boʻlgan sugʻorish ishlarini monitoring qilish, ekinlarning suvga boʻlgan ehtiyojini va sugʻorish samaradorligini baholash boʻyicha loyihaning joriy holati koʻrib chiqildi.

Uchrashuv yakunlariga koʻra, tomonlar suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish masalalari boʻyicha shugʻillanuvchi ishchi guruhni shakllantirish va hamkorlikda kosmik monitoringni amalga oshirishni kengaytirish masalalarini kelishib oldilar.