IAC 2023 Boku - Xalqaro astronavtika kongressi

Sana: 08.08.2023

Joriy yilning 2-6-oktabr kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtadigan kosmos sohasida yilning eng muhim voqeasi IAC 2023 Baku - 74-Xalqaro astronavtika kongressi boshlanishiga ikki oydan kamroq vaqt qoldi.

Xalqaro astronavtika kongressi global muammolarga qarshi kurashda birlashgan va insoniyat manfaati yo‘lida kosmosning foydalanilmagan imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor bo‘lgan barchani birlashtirgan ajoyib platformadir.

IAC 2023 Bokuda 5000 dan ziyod ishtirokchilarni birlashtiradi. Kosmos sohasidagi so'nggi ishlanmalarni o'rganish, mehmonlar va ishtirokchilar, shuningdek, beqiyos Ozarbayjon mehmondo'stligi va o'ziga xos madaniyatini his qilish uchun noyob imkoniyatga ega bo'ladilar.

Ushbu kongress tadbirlarida mamlakatimiz mutaxassislari ham ishtirok etadilar va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kosmik monitoring, sunʼiy yoʻldoshlarni qurish va uchirish, ArcGIS va boshqalarda vizual va amaliy tajriba orttirish uchun yaxshi imkoniyat boʻladi.

Biz IAC 2023 Boku - Xalqaro Astronavtika Kongressi voqealarini batafsil yoritamiz.