“APT Satellite Company Limited” kompaniyasi bilan uchrashuv

Sana: 09.08.2023

Joriy yilning 8-avgustida “O‘zbekkosmos” agentligida “APT Satellite Company Limited” kompaniyasining (Gonkong, Xitoy) ijrochi vitse-prezidenti Xuan Baozxon boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrasuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “APT Satellite Company Limited” kompaniyasi vakillari butun dunyo bo‘ylab mijozlarga yuqori sifatli sun’iy yo‘ldosh xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotning loyiha va yechimlari, faoliyati haqida batafsil so‘zlab berdi. Xususan, teleradiostansiyalar, uyali aloqa operatorlari, internet provayderlari va davlat tashkilotlari kabi mijozlarning keng doirasi uchun keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etuvchi mavjud sun’iy yo‘ldoshlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldilar.