Seysmologiya sohasida kosmik monitoringni qo‘llash loyihasi natijalariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

Sana: 15.08.2023

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligida seysmologiya sohasida kosmik monitoringni qo‘llash bo‘yicha loyiha natijalariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyihaning maqsadi suv omborlari to‘g‘onlarining seysmik mustahkamliligini doimiy kosmik monitoring tizimini joriy etishdan iborat. Shu munosabat bilan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatimizdagi 16 ta suv omborining zilzilabardoshligi tahlili o‘tkazildi.

Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda seysmologiya sohasida kosmik monitoringni yanada joriy etish yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.