10 nafar yosh vatandoshimiz treningda ishtirok etishmoqda

Sana: 29.08.2023

“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar o‘quvchini GUHEM Kosmik ta’lim markaziga (Bursa, Turkiya) o‘qishga yuborildi.

Yosh kosmik tadqiqotchilarimiz joriy yilning 27-avgustidan 2-sentabriga qadar aviatsiya, kosmik texnologiyalar va astronomiya sohalari mutaxassislari bilan interaktiv tajribalar, suhbatlar, seminarlar va simulyatsiyalarda ishtirok etadi.

Barcha ishtirokchilarga unutilmas sarguzashtlar tilaymiz. Shubhasiz, treninglar davomida olingan bilimlar yangi ufqlarni zabt etishga, yangi maqsadlar sari yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiliadi.