O‘zbekiston delegatsiyasi “TEKNOFEST 2023 Ankara” festivalida ishtirok etmoqda

Sana: 01.09.2023

Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib o‘tayotgan “TEKNOFEST 2023 Ankara” festivalida ishtirok etishmoqda. Ushbu festival 2018-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda.

Festivalda 100 ortiq pavilyonlar tashkil etilgan. Har bir pavilyon yo‘nalish va sohalarga bo‘lingan bo‘lib, xorijiy va milliy kompaniyalar, talim muassasalari tomonidan tashkil etilgan.

Bu yerda sport, aviatsiya, mudofaa, aerokosmik, transport, ekologiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va yangi ishlanmalar namoyish qilinmoqda. Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad yosh avlodni yangi texnologiyalarni o‘rganish va yaratishga qiziqtirish.