“Israel Aerospace Industries” kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Sana: 05.09.2023

Joriy yilning 5-sentabr kuni “O‘zbekkosmos” agentligida Isroilning “Israel Aerospace Industries” kompaniyasi vakillari Yevgeniy Sheynin (Markaziy Osiyoda biznesni rivojlantirish bo‘yicha katta direktor) va Niko Adamskiy (IAI kosmik bo‘limi loyiha menejeri) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Isroil kompaniyasi vakillari Yerni masofadan zondlash uchun mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshlar, telekommunikatsiya yo‘ldoshlari, shuningdek, kichik sun’iy yo‘ldoshlar turkumi haqida taqdimotlar o‘tkazdi.

Xususan, “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari “Israel Aerospace Industries” kompaniyasining koinotni chuqur o‘rganish, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, Yerni zondlash, yangi kosmos va sun’iy yo‘ldosh turkumlari, shuningdek, yerosti stansiyalari kabi yo‘nalishlardagi imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Shu bilan birga, MCS kichik telekommunikatsiya sun'iy yo'ldoshi, OptSat3000 va OptSat500 Yerni masofadan zondlash yo'ldoshlari kabi mahsulotlarga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, texnologiyalar transferi, xususan, IAI Koinot akademiyasi imkoniyatlarini o‘rganish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston kosmik va yer usti infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda birgalikdagi saʼy-harakatlarni amalga oshirish, shuningdek, soha tashkilotlari uchun ularning muammolarini hal etishda sunʼiy yoʻldosh texnologiyalarining imkoniyatlariga bagʻishlangan seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazishga kelishib oldilar.