“Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiylari markazi” MChJ mutaxassislari xakatonda ishtirok etishdi

Sana: 11.09.2023

Joriy yilning 6-8-sentabr kunlari “URBAN.TECH UZBEKISTAN 23” xakaton musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Xakatonda ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni beruvchi gʻoyalar hakamlar tomonidan koʻrib chiqildi. Tanlov doirasida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiylari markazi” MChJ xodimlari “TreeDetector” loyihasi bilan ishtirok etishdi. 

Loyiha xozirda aktual boʻlgan xavo ifloslanishini oldini olishga bagʻishlangan. Yechim sifatida daraxtlardan toʻgʻri foydalanish va ularning holatini oʻrganish hamda daraxt tanqisligini oldini olish va ularning sonini koʻpaytirish usullari koʻrsatildi. Gʻoyalar taqdimot koʻrinishida namoyish etildi va taqdimot vaqtida boshqa qatnashchilar bilan gʻoyalar, fikrlar hamda tajribalar almashildi.