Buxoro viloyatining Buxoro shahrida sayyor qabul bo'lib o'tadi

Sana: 19.09.2023

Buxoro viloyatida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan kosmik sohada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati hamda Agentlikning mas'ul xodimlari ishtirokida 2023-yil 22-sentabr kuni soat 10:00 da fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan sizda Kosmik soha xizmatlaridan foydalanishda muammolar, sohani rivojlantirish yuzasidan takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyurishingiz so‘raladi.

Manzil: Buxoro shahri, A.Navoiy ko'chasi 10-uyda joylashgan Yoshlar markazi binosi

Batafsil ma'lumot olish uchun telefon: 99-880- 27-77