Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid seminar oʻtkazildi

Sana: 19.09.2023

Bugun 19-sentabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi xodimlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas'ul xodimi ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi va samaradorligi yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi. 

Ushbu seminarda Agentlik masʼul xodimi tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar va ularning samarasi xususida batafsil maʼlumot berildi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda davlat organlari va tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish boʻyicha qator standartlarni oʻz faoliyatiga joriy etish yuzasidan vazifalar belgilab berildi. Natijada koʻpgina tashkilot va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (kompleans nazorati) tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Seminar mobaynida korrupsiyani yuzaga keltiruvchi holatlar, ularning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, korrupsiya holati natijasida yuzaga kelgan jinoyatlar oqibati, ushbu holatlar uchun belgilangan jazo va choralar toʻgʻrisida ham atroflicha soʻz yuritildi.

Muloqot mobaynida jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlikni kuchaytirish, ushbu illatga qarshi kurashishda ijtimoiy faollikni oshirish yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.