Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 21.09.2023

Joriy yilning 21-sentabr kuni “O‘zbekkomos” agentligida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Anvarxodja Kadirov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari tomonidan sun’iy intellektdan foydalangan holda loyihalar namoyish etildi, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida ekinlarning turlarini aniqlash, shuningdek, o‘rmonlar bilan qoplangan chegaralarni aniqlash loyihalari. Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-noyabrdagi “Kosmik tarmoqni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-429-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, yuqoridagi loyihalarda foydalaniladigan modellar va algoritmlar haqida ham gapirildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha turli sohalarda sunʼiy intellektdan foydalanish va qoʻllash to‘g‘risida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.