Sana: 04.10.2023
Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi Boku shahrida bo‘lib, 74-Xalqaro astronavtika kongressi ishida faol ishtirok etmoqda.
Delegatsiyamizning navbatdagi suhbatdoshlari ushbu Kongress tashkilotchilaridan biri “Azerkosmos” agentligi bo‘ldi.
Uchrashuv avvalida O‘zbekiston delegatsiyasi bunday yirik tadbirning yuqori saviyada o‘tkazilishiga o‘z bahosini bildirdi.
Soʻngra tomonlar har bir tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot almashdilar, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalarida kosmik texnologiyalardan foydalanish va kosmik monitoring boʻyicha tajriba almashishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, kosmik va sunʼiy yoʻldosh texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha maslahatlashuvlar oʻrnatishga kelishib oldilar.