Kosmik agentliklari va kosmik texnologiyalar sohasidagi xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Sana: 05.10.2023

74-Xalqaro astronavtika kongressining to‘rtinchi kuni ham O‘zbekiston delegatsiyasi uchun xorijiy davlatlarning kosmik agentliklari va tashkilotlari bilan muzokaralar va uchrashuvlar bilan band bo‘ldi.

Xususan, Malayziya, Tailand, Isroil va Polshaning kosmik agentliklari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Kompaniyalarga kelsak, “Piemonte” (Italiya), “Cubecom” (Janubiy Afrika), “Dragonfly” (Janubiy Afrika), “CloudFerro SA” (Polsha), Muhammad bin Rashid kosmik markazi (BAA) kompaniyalari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Muhokamalarning asosiy mavzulari aloqalar o‘rnatish, kosmik monitoringda texnologiyalar transferi, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari, ta’lim va malaka oshirish dasturlar bo‘ldi.