NASA Space Apps xakatonining natijalari sarhisob qilindi

Sana: 09.10.2023

Avval aytib o‘tganimizdek, joriy yilning 7-8-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan aerokosmik soha faoliyatida kosmik agentliklar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh mutaxassislar orasidan yangi iste’dodlarni izlash maqsadida tashkil etilgan NASA Space Apps xakatoni bo‘lib o‘tdi.

Xakaton natijalariga ko'ra g'oliblar aniqlandi va final bosqichiga yo'l oldi:

PhD – Azizbek Mo‘minov (ochiq ma’lumotlar to‘plami va NASA API'laridan foydalangan holda Oy yuzasida seysmik faollikni kuzatish uchun veb-ilova)

WYEDUST – Edem Kimalov, Mirodil Mirobidov, Jaloliddin Mahmudov, Malik Ibragimov, Sergey Yermolov (DSCOVR maʼlumotlaridan foydalangan holda Yerning muhim tizimlarini kosmik ob-havo taʼsiridan himoya qilishda geomagnit boʻronlarni bashorat qilish va monitoring qilish)

Tayfun – Javlon Yaxshilikov, Diyorbek Jabborov (o‘rmon yong‘inlari, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va mashinalarni o‘rganishdan foydalangan holda ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda yong‘in tarqalishini prognozlashning universal tizimini namoyish etish).

Final bosqichga chiqqan jamoalarning ishlanmalari baholash uchun NASAga yuboriladi.

Quyidagi jamoalarining mehnatlarii ham alohida qayd etilib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar:

SalenX – Abdulhamd Nuriddinov, Solixa Sadieva, Muslima Anvarova

Topline - Alina Mambetullaeva, Xurliman Aymuratova, Elena Kenesbaeva

Melanj – Shaxzoda Yokubova, Anastasiya Filipenko, Mahbuba Shaynazarova, Kristen Rashidova.

Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz! Ishtirok etgan va ushbu xakatonni muvaffaqiyatli o'tkazgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!