INTERGEO ko‘rgazmasi doirasida xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Sana: 11.10.2023

Berlinda INTERGEO 28-Xalqaro geodeziya, geoaxborot va yer boshqaruvi texnologiyalari konferensiya va savdo ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari kosmik texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy kompaniyalar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, CHCNAV», «ConstellR», «GAFAG», «Topodrone», «Phoenix Lidar systems», «ENVI», «Quantum systems», «Maritime robotics», «Deeper», «Vexcel», «Feima robotics», «Alpha surveying», «Tersus GNSS», «NavVis», «Hexagon», «Emlid», «European space imaging» va boshqa kompaniyalar bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Muzokaralarning asosiy mavzulari sunʼiy yoʻldoshlarni joriy etish va uchirish, yer usti infratuzilmasini joylashtirish, kosmik tasvirlar bilan taʼminlash, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi sohalarida kosmik monitoringni oʻtkazish, kartografiya, sunʼiy yoʻldosh aloqasi va boshqa masalalar boʻldi.