“Oʻzbek tili bayrami” muborak boʻlsin!

Sana: 20.10.2023

Har bir millat, xalq va jamiyat uchun uning oʻz soʻzlashuv tili kuch-qudrat va ilhom manbai hisoblanib, uning rivoji mana shu xalq va jamiyatning rivoji bilan chambarchas bogʻliqdir. Shunga koʻra, xalqimiz va oʻzbek millatimiz uchun ona tili boʻlgan - oʻzbek tilini rivojlantirish, uning ravnaqi hamda istiqboli haqida qaygʻurish – bu oʻzligimizni anglash demakdir.

1989-yil 21-oktabrda, gʻoyat murakkab ijtimoiy-siyosiy sharoitda mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi va oʻzbek tiliga davlat tili maqomini berilishi mustaqillik sari qoʻyilgan muhim qadam boʻlgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 21-oktabr sanasi - o‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi jamoasi nomidan barchangizni, butun xalqimizni 21-oktabr– Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Yurtimizda oʻzbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini yanada mustahkamlash yoʻlidagi izlanishlarnigiz hamda sa’y-harakatlaringizda muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilab qolamiz.

Barchangizga sogʻlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz!