Sana: 23.10.2023
Ma'lumki, so'nggi yillarda O'zbekistonda navqiron avlodimizning huquq va manfaatlarini taʼminlash, oʻgʻil-qizlarimizning bilim olishi, mehnat qilishi, oʻz qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarishi uchun barcha sharoitlarni yaratish soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani va bu borada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Yangilangan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida yosh avlodning huquq va manfaatlari aniq moddalar bilan muhrlab qoʻyilgani, hech shubhasiz, bu boradagi huquqiy bazani yanada kengaytirish, amaliy ishlarni yangi bosqichga koʻtarish imkonini bermoqda.
"O'zbekkosmos" agentligi mamlakatimiz oliy o'quv yurtlari talabalari orasida yosh iste'dodlarni kosmik sohani rivojlantirishga jalb etish borasida ham faol ish olib bormoqda.
Shunday qilib, joriy yilning sentabr oyidan boshlab "O'zbekkosmos" agentligi "Oltin fond" yangi dasturini amalga oshirmoqda. Ushbu tashabbus kosmik sohaga qiziqqan yosh va istiqbolli talabalar va maktab o'quvchilarini aniqlash va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.
"Oltin fond" faollari safiga qo'shilish noyob imkoniyatlarni ochib beradi:
Hozirda Agentlik tomonidan ayrim oliy o'quv yurtlarida uchrashuvlar va taqdimotlar o'tkazildi:
1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU).
2. Toshkent davlat transport universiteti (TDTU).
3. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU).
4. Turin politexnika universiteti (TPU).
Bu sizning koinot olamidagi sayohatingizning boshlanishi. "O'zbekkosmos" agentligiga qo'shiling va biz bilan birgalikda kosmik sohada kelajakni yarating!