O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 32 yilligi muborak bo‘lsin

Sana: 17.11.2023

Bundan roppa-rosa 32 yil avval mamlakatimizda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Vatanimiz bayrog‘i — nafaqat davlatimiz ramzi, balki o‘tmishimiz hamda bugun va ertamizning yorqin ifodasi, g‘urur va iftixorimiz, xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, mustahkam ishonch va milliy-madaniy ananalarimizni ifodalovchi muqaddas timsoldir.

Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor. Vatanimiz farzandlari qayerda bo‘lmasinlar, qanday natijalarga erishmasinlar O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘klarka ko‘tarib, ardoqlaydilar. Bayroq ezgulik va tinchlik ramzidir!

“O‘zbekkosmos” agentligi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbot etadi!