”O‘zbekkosmos” agentligida Yaponiyaning kosmik monitoring va radar texnologiyasiga ixtisoslashgan "Synspective" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 09.01.2024

Kompaniya bir nechta provayderlar tomonidan taqdim etilgan radar sun'iy yo'ldosh interferometriya ma'lumotlarini qayta ishlash bo'yicha o'z texnologiyalariga ega. Synspective kompaniyasining asosiy loyihalaridan biri SAR (Synthetic Aperture Radar) texnologiyasini yaratish boʻlib, u kunning istalgan vaqtida va har qanday ob-havo sharoitida yer yuzasi uchun olingan yuqori aniqlikdagi radar tasvirlarini qayta ishlash va sharhlash imkonini beradi. Radar tasvirlarini qayta ishlashning ushbu usuli yer yuzasi va ob'ektlarning siljishi/deformatsiyasi haqida ma'lumot olish imkonini beradi va tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan vayronagarchilik, suv toshqini va boshqa favqulodda vaziyatlar uchun xavfli zonalarni aniqlash imkonini beradi


Yaponiya deformatsiyalar va seysmik faollikni kuzatish sohasida katta tajribaga, shuningdek, yuqori seysmik hududlarda ob’ektlarning ekspluatatsiya xavfsizligi darajasini oshirish tajribasiga ega davlat hisoblanadi. Shu munosabat bilan yig‘ilishda seysmologiya va to‘g‘onlar va suv omborlari qirg‘oqlarining kelgusi yil deformatsiyasi monitoringi sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, INSAR texnologiyalarini butun mamlakat bo‘ylab barcha strategik muhim ob’ektlarga joriy etish rejalari ko‘rib chiqildi.

 

Yakunida tomonlar Memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdilar va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.