• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Xalqaro astronavtika federatsiyasi yoshlar uchun grant dasturini eʼlon qildi!

Sana: 27.12.2024

2025 yilda Аvstraliyaning Sidney shahrida Xalqaro astronavtika federatsiyasining navbatdagi 76-kongressi boʼlib oʼtadi. Unda kosmonavtika, astronavtika va muhandislik yoʼnalishida dunyoning 100 dan ortiq davlatidan eng yirik kompaniyalari va 10 mingdan ortiq ekspertlar jam boʼlishadi. 

Mazkur global forumda oʼzbek talabalari va mutaxassislari ham maxsus “IAF EMERGING SPACE LEADERS” grant dasturi asosida ishtirok etishlari mumkin.

Bu eksklyuziv imkoniyat sizga Аvstraliyaning Sidney shahrida xalqaro kongressda bepul qatnashish imkoniyatini taqdim etadi. 

Toʼliq maʼlumot va qoʼllanma: https://www.iafastro.org/activities/next-generation/emerging-space-leaders-grant-programme/

Hujjat topshirish: https://www.iaf-grant-programme.org/

Shoshiling, arizalarni qabul qilish 2025 yilning 14 fevral sanasigacha davom etadi!!

Maʼlumot uchun: “Oʼzbekkosmos” agentligi mazkur kongressning 2023 yil Ozarbayjonda oʼtgan 74-yigʼilishida Xalqaro astronavtika federatsiyasining toʼlaqonli aʼzosi sifatida qabul qilingan edi. Xalqaro astronavtika federatsiyasi xalqaro nodavlat notijorat ilmiy tashkilot boʼlib, u koinotni tinch maqsadlarda tadqiq qilish muammolari, shuningdek, huquqiy nuqtai nazardan raketa va kosmik masalalar bilan shugʼullanadi. Tashkilot 1950 yilda Parijda boʼlib oʼtgan I Xalqaro astronavtika kongressida 8 ta davlat: Аvstriya, Аrgentina, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Frantsiya, Germaniya, Shvetsiya rahbarlari tomonidan tashkil etilgan.