Sana: 25.02.2025
25-fevral sanasidan "Yosh muhandis" respublika tanloviga start berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi "Uzcosmos" agentligi Uzum ekotizimi bilan hamkorlikda butun mamlakat yoshlarining muhandislik g‘oyalari uchun tanlov e’lon qilmoqda.
Tanlovda 12 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari va talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Taqdim etiladigan loyihalar maishiy yoki ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beruvchi muhandislik ishlanmalarini o‘z ichiga olishi kerak. Xususan, bu qariyalar uchun robot yordamchilari, chiqindilarni saralash va poyabzal tozalovchi robotlar hamda boshqalarni o‘z ichiga oladi. Baholashning asosiy mezonlari ijtimoiy va ekologik ahamiyati, shuningdek, loyihani amalga oshirish imkoniyati bo‘ladi. Tanlov hakamlar hay’ati tarkibiga "Uzcosmos," Raqamli texnologiyalar vazirligi va Uzum ekspertlari kiradi.
17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida g‘olib loyihalar ko‘rgazmasi va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
- Har bir yirik kompaniya va buyuk ixtiro bir paytlar loyiha bo‘lgan va biz ishonamizki, butun mamlakatdan kelgan yigitlar uchun bu tanlov o‘z orzularini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ladi - xoh u o‘z biznesi bo‘lsin, xoh ixtiro, - deydi Uzum operatsion direktori Roman Lavrentev. - O‘zbekistonda ko‘plab iqtidorli yoshlar bor va biz mamlakat kelajagini quradigan bo‘lajak muhandislarni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz.
- Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning kosmik agentliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro loyihada 2023-yildan buyon ishtirok etib kelmoqdamiz. Albatta, bu kabi tadbirlar kosmik sohada iste’dodlar bazasini yaratish, ularning tajribasini oshirish, yoshlarni sohadagi eng so‘nggi yechimlar bilan muntazam tanishtirib borishga ko‘p jihatdan xizmat qiladi. Agentlik bu sohadagi faol yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor, - dedi "Uzcosmos" direktori Shuhrat Qodirov.
G‘oliblarni tanlov tashkilotchilarining turli sovg‘alari kutmoqda. Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Eng kreativ loyiha" nominatsiyasi ham ko‘zda tutilgan.
G‘olib ishtirokchi yoki jamoa maxsus sovrin - Guhem xalqaro kosmik markaziga sayohatga yo‘llanma oladi. https://www.guhem.org.tr/.
Yevropadagi eng yirik va dunyodagi eng yaxshi beshtalikka kiruvchi ushbu markazda yoshlar astronomiya, fizika, biologiya, kimyo va boshqa fanlar bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lishlari mumkin.
O‘quvchilar kosmik yo‘ldoshlarni modellashtirish, aviatsiya tizimlari bilan tanishadilar va kosmik modellashtirishda ishtirok etadilar.
Tanlovda ishtirok etish uchun havola orqali o‘ting: https://futureengineers.cmspace.uz
Ishtirok etish uchun arizalar 30-martgacha qabul qilinadi.