"O‘zbekkosmos" agentligi Fransiyaning “Airbus International” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Sana: 25.02.2021

Joriy yilning 25 fevral kuni "O‘zbekkosmos" agentligi hamda Fransiyaning “Airbus International” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "O‘zbekkosmos" agentligi rahbari Sh.Kadirov, “Airbus International” kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti J.Garrik hamda ikki tomon vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda "O‘zbekkosmos" agentligi rahbari Sh.Qodirov Prezident Sh.Mirziyoyev farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tashkil etilgani haqida maʼlumot berib o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunga qadar agentlik tomonidan ko‘plab tadbirlar tashkil etilib, kosmik faoliyat sohasining  rivojlanishi hamda sohaga oid amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha so‘zladi.

Hamkorlik doirasida "O‘zbekkosmos" agentligi Fransiyaning “Airbus International” kompaniyasi vakillari suv resurslari, qishloq  xo‘jaligi va geologiya sohalarida yerusti tadqiqotlarini o‘tkazish, kadrlarni tayyorlash, ularni malakasini oshirish yuzasidan  fikr almashdilar.

Muzokara yakunida rejalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlar va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda ushbu loyihalarni moliyalashtirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.