Sana: 24.03.2021
Joriy yilning 24 mart kuni "O'zbekkosmos" agentligi va «Nokia» kompaniyasi o'rtasida videokonferentsiya shaklida birinchi rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda "O'zbekkosmos" agentligi mutaxassislari, O'zbekiston Respublikasining Finlyandiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi hamda «Nokia» kompaniyasining Markaziy Evropa va Markaziy Osiyo bo'yicha vitse-prezidenti ishtirok etishdi. Tomonlar uchuvchisiz uchish qurilmalarini monitoring qilish va dispetcherizasiyalash sohasida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildilar.
«Nokia» kompaniyasi vakillari aviatsiya texnikasi, monitoring qilish va dispetcherizasiyalash sohasida, uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi «Nokia» kompaniyasining taqdim etayotgan yechimlari bo'yicha taqdimotlar qildilar, shuningdek, kompaniyaning uchuvchisiz uchish qurilmalarini monitoring qilish va dispetcherizasiyalash loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari haqida so'zlab berishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar «Nokia» kompaniyasining O'zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish qurilmalarini monitoring qilish va dispetcherizasiyalash loyihasini amalga oshirish bo'yicha takliflarini ko'rib chiqishga kelishib oldilar.