"O'zbekkosmos" agentligi va Southern Aerospace & Telecom Consulting kompaniyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Sana: 01.04.2021

Joriy yilning 1 aprelida "O'zbekkosmos" agentligi va SATConsult kompaniyasi vakillari o'rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasida kosmik sohaning kelajakdagi rivojlanish strategiyasini belgilashdagi mavjud ehtiyojlar to'g'risida muhokama qilindi. SATConsult kompaniyasi vakili L.Lagrifful xonim SATConsult kompaniyasining asosiy faoliyati, shuningdek, kompaniyaning O'zbekiston Respublikasida kosmik sohani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish loyihasini amalga oshirishdagi imkoniyatlari bilan tanishtirdi.

Uchrashuv yakuni bo'yicha SATConsult kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishildi.