Rossiyaning "Supercam" kompaniyasi vakillari bilan "INNOPROM. O'zbekistonda yirik sanoat haftaligi" xalqaro ko'rgazmasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Sana: 05.04.2021

“Innoprom” xalqaro sanoat ko'rgazmasi 2021 yil 5-7 aprel kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tmoqda. Ushbu tadbirda Rossiya, O'zbekiston, Fransiya, Belorus va Qozog'istondan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ular orasida yirik korxonalar, shuningdek, o'rta va kichik biznes vakillari bor. "O'zbekkosmos" agentligi vakillari Rossiyaning "Supercam" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdilar. "Supercam" kompaniyasi uchuvchisiz uchish apparatlari va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.

Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollari va UUQlardan foydalanishning dolzarb muammolari muhokama qilindi. "Supercam" kompaniyasi vakillari o'zlarining himoya qilish tizimlari va UUQning ruxsatsiz parvozlarini oldini olish haqida so'zlab berishdi.

Tomonlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida hamkorlikda UUQlarning yig'ish va UUQlarini boshqarish uchun xodimlarni ham ishlab chiqaruvchi hududida, ham O'zbekiston Respublikasi hududida o’qitish .masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasida sinov uchirishlar o'tkazish va qo'shma pilot loyihalarni amalga oshirishga kelishildi