«Uzbekistan Airports» AJ boshqaruvi Raisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Sana: 12.04.2021

Joriy yilning 12 aprel kuni "O'zbekkosmos" agentligi va «Uzbekistan Airports» AJ o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida tomonlar aerokosmik sohani rivojlantirish istiqbollari va qo'shma hamkorlikni muhokama qildilar. Ra'no Frunzevna "O'zbekkosmos" agentligi va «Uzbekistan Airports» AJ o'rtasidagi hamkorlik doirasida faol muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakuni bo'yicha qo'yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yaqin hamkorlik to'g'risida kelishuvga erishildi

 

Ma'lumot uchun: Ra'no Frunzevna Jo'rayeva - «Uzbekistan Airports» AJ boshqaruvi Raisi - texnika fanlari nomzodi. Ushbu lavozimga tayinlanganiga qadar Rano Frunzevna Rossiya Federatsiyasining aerokosmik sohasida rahbar lavozimlarida ishlagan.