"O'zbekkosmos" agentligi va Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi

Sana: 15.04.2021

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining bosh direktori v.b. Shuhrat Munavvarovich Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti rektori Janpolat Shamuratovich bilan uchrashdi. Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari, qo'shma ta'lim dasturlarini tayyorlash imkoniyatlari, shuningdek, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi xalqaro tajribani o'rganish va joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida "O'zbekkosmos" agentligi va Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy ta'lim texnologiyalari va o'quv qo'llanmalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi ta'lim tashkilotlarining tajribalarini o'rganish va o'zlashtirish orqali o'zlarining kasbiy salohiyatlarini takomillashtirishga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish va birgalikda amalga oshirishni belgilab beradi.