Frantsiyaning kosmik agentligi Centre National d'Études Spatiales (CNES) bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Sana: 21.04.2021

Joriy yilning 21 aprelida «O'zbekkosmos»  agentligi kosmik sohada hamkorlik to'g'risidagi Hadli Bitimni amalga oshirish doirasida CNES vakillari bilan onlayn uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad Agentliklarni o'zaro tanishuvi va kosmik faoliyat sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama etish bo’ldi.

Uchrashuv davomida barcha ishtirokchilar o'zlarining faoliyat yo'nalishlari bo'yicha taqdimotlar qildilar, shuningdek tomonlar qiziqtirgan savollar bilan almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar Hadli Bitimni samarali amalga oshirishga kelishib oldilar va CNES vakillari «O'zbekkosmos» agentligini O'zbekistonda kosmik sohani rivojlantirishda qo'llab-quvvatlashga tayyorligini taʼkidladilar.