Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash - hamkorlikning muhim yo'nalishidir

Sana: 22.04.2021

2021 yil 22 aprel kuni "O'zbekkosmos" agentligi va Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik Jamiyati GIZ vakillari o'rtasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish masalasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasining kosmik tadqiqotlari va texnologiyalari sohasida kadrlar salohiyatini oshirish, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ ko'magi bilan geoinformatsion texnologiyalarni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlik va kosmik fanlar sohasida mahalliy universitetlarda qo'shma fakultetlarni tashkil etish masalalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar Agentlikning amaldagi pilot loyihalarini taqdim etish va kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etishni muhokama qilish uchun qo'shimcha onlayn uchrashuvlar tashkil etish to'g'risida kelishib oldilar.