Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 21.05.2021

“O‘zbekkosmos” agentligi va Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum doirasida kosmik faoliyat haqidagi xabardorlikni oshirish, shuningdek, “O‘zbekkosmos” agentligida amaliyot o‘tash uchun ixtisoslashtirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni tanlab olish maqsadida joriy yilning 21 may kuni Agentlik mutaxassislari va universitet talabalari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekkosmos” agentligi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazilib, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi strategik yo‘nalishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv yakunida kosmik sohaga qiziqishlari bo‘lgan talabalar bilan amaliyot o‘tashlari uchun suhbat o‘tkazildi.