E’lonlar

Jurnalist, bloger va ommaviy axborot vositalari xodimlari diqqatiga!

Sana: 09.03.2022

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 28-mart kuni soat 15:00da Milliy matbuot markazida ““O‘zbekkosmos” agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz! Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotga ega bo‘lish hamda Agentlik faoliyatiga doir o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

 
“O‘zbekkosmos” agentligi Axborot xizmati

 


Jonli efir: SpaceX Ax-1 missiyasi boshlanmoqda

Sana: 08.04.2022

Avval xabar berganimizdek, Ax-1 missiyasi doirasida 4 ta jismoniy shaxs, jumladan, sobiq NASA astronavti Maykl Lopez-Alegria 10 kunlik xalqaro kosmik stantsiyaga parvoz qiladi.

Axborot xizmati


Video: Rossiya kosmonavtlari yangi yilda birinchi marta kosmosga chiqishdi

Sana: 20.01.2022

Kosmonavtlar Anton Shkaplerov va Piter Dubrovning kosmosga 51-rejalashtirilgan safari boshlandi. Roskosmos saytida jonli translatsiya amalga oshiriladi. Moskva vaqti bilan 15:18da kosmonavtlar "Поиск" modulining chiqish qopqog'ini ochib, lyuk qopqog'i va himoya halqasini o'rnatdilar.

Axborot xizmati


 

Video: SpaceXning Falcon 9 raketasi 49 ta sunʼiy yoʻldoshini orbitaga olib chiqdi

Sana: 07.01.2022


Kosmik soha ekspertlari bilan uchrashuvga taklif etamiz

Sana: 26.11.2021

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan 2021- yil 1- dekabr kuni soat 14:00da poytaxtimizdagi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tashkil etiladigan “Kosmos – cheksizlikdan biznesgacha” nomli xorijiy kosmik soha ekspertlari bilan uchrashuvga taklif etamiz.

Uchrashuv mehmonlari – Anastasiya Stepanova hamda Vitaliy Yegorov.

(Ma’lumot uchun: Anastasiya Stepanova – “Mars-160” va “SIRIUS-19” xalqaro kosmik loyihalari ekipaji a’zosi, “Quruq immersiya” eksperimentida birinchi ayol sinovchi, Rossiya Fanlar akademiyasi Biotibbiyot muammolari instituti muhandisi.

Vitaliy Yegorov – kosmonavtikani ommalashtiruvchi bloger (Zelenyikot), mashhur ilmiy yozuvchi, “Ochiq kosmos” (Открытый космос) hamjamiyati asoschisi, “Fidelity to Science Award 2019” mukofoti sovrindori, “Orbital Express” xususiy kompaniyasi asoschilaridan biri va aloqa direktori, Rossiyaning bir qator xususiy kosmik kompaniyalari matbuot xizmati sobiq xodimi.)

 

Manzil: 17 Kichik halqa yo'li, Turin politexnika universiteti

 → Ro’yxatdan o’tish ←

 

Matbuot xizmati

Telefon:(+998 55 502-50-22)

Email: info@uzspace.uz

Rasmiy sayt: uzspace.uz