- Asosiy
- Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yilBarchangizga ma’lumki, 1989-yil 21-oktabrda, mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan 21-oktabr sanasi - o‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.
Hukumatimiz tomonidan davlat tiliga bo‘lgan e’tiborning kuchaytirilishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligida ham lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ish yuritishga toʻliq oʻtilgan. Xususan, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilmoqda. Barcha ichki tashkiliy farmoyish hujjatlari, shartnoma va turli blanka shakllari to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga oʻtkazilgan.

Har yili mamlakatimizda “21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami” sanasi keng nishonlanib, turli bayram va tadbirlar, xalq sayillari, ko‘rgazmalar, ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi tadbirlar va ijdoiy uchrashuvlar tashkil qilib kelinmoqda. Joriy yilda ham ushbu bayramning “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi” sanasi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi jamoasi nomidan barchangizni, butun xalqimizni 21-oktabr– Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimizda oʻzbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini yanada mustahkamlash yoʻlidagi izlanishlarnigiz hamda sa’y-harakatlaringizda muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilab qolamiz!