“Discovery Day” konferensiyasi

2021-yil 23-iyun kuni “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan “Maxar Technologies”, “Esri” va “SpaceX” kompaniyalari ishtirokida “Discovery Day Uzbekistan” xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.

Mazkur xalqaro konferensiya 2 ta yo‘nalishga bag‘ishlangan bo‘lib, 1-yo‘nalishda 30 ga yaqin vazirlik va idoralardan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Transport vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi, Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish qo‘mitasi va boshqalar) 100 dan ortiq rahbar va mutaxassislar darajasida, 2-yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi harbiy tuzilmalaridan (Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati) 20 ga yaqin rahbar va mutaxassislar ishtirok etishdi.

AQSHning “SpaceX”, “Maxar Technologies” va “Esri” kompaniyasi tomonidan “Qishloq xo‘jaligiga kosmik fazodan nazar”, “Suv resurslaridan foydalanishda geoaxborot maʼlumotlaridan foydalanish”, “Sunʼiy yo‘ldoshdan infraqizil to‘lqin yordamida foydali mineral resurslar xaritasini tuzish va qazib olish”, “Neft va gaz sanoatini yuqori aniqlikda masofadan zondlash”, “Zamonaviy xaritalash ehtiyojlari uchun eng zamonaviy global xaritalar yaratish”, “ArcGIS” dasturiy taminot platformasi imkoniyatlari”, “Starlink” loyihasi”  mavzularida taqdimot o‘tkazildi.