Agentlik haqida

To'liq nomi - O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

Qisqartirilgan nomi -  «O‘zbekkosmos» agentligi

Asosiy vazifalar

kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

kosmik faoliyat, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

kosmik faoliyatning zarur darajada rivojlanishini ta’minlash, sohaga tegishli va u bilan bog‘liq ishlar bajarilishini, xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadida kosmik faoliyat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish;

kosmik tarmoq infratuzilmasi, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsiya ishlarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

kosmik faoliyatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni, jumladan, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

stratosfera va uchuvchisiz boshqa uchish apparatlari, shuningdek, yerni masofadan turib zondlash va yo‘ldoshli aloqa kosmik apparatlarini qo‘llash orqali davlat organlariga vazifalarni hal etish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;

kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni kosmik faoliyat sohasiga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

kosmik va yo‘ldosh texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy tijorat tuzilmalari, ishlab chiqaruvchilar va moliya resurslarining keng jalb etilishini ta’minlash;

kosmik faoliyatning ayrim yo‘nalishlari tijoratlashtirilishini rag‘batlantirish.

 

Huquqiy asos

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-avgustdagi PF-5806-son Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019-yil 17-sentabrdagi 781-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan.