- Asosiy
- “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi
“O‘zbekiston - 2030” strategiyasiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni qabul qilingan.
Farmonga muvofiq, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:
Jumladan,
– barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;
– aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
– aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
– xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
– mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.
Strategiya beshta ustuvor yo‘nalishni qamrab oladi:
– har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
– barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
– suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
– qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
– “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish mamlakatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlari uchun ustuvor vazifa deb e’lon qilingan.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan barcha maqsadlarga erishish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish ta’minlanadi.