• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
  • Агентство космических исследований и технологий при Министерстве цифровых технологий Республики Узбекистан
“O‘zbekkosmos” sun’iy yo‘ldosh orqali internetga bog‘lanish masalalarini muhokama qildi

Дата: 07.09.2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi 2022 yil 7 sentabr sanasida sun’iy yo‘ldosh orqali internetga bog‘lanish masalalarini muhokama qilish uchun Yevropa Komissiyasining maslahatchilari D.Radis va J-J.Kudellar bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida, maslahatchilar Yevropa Ittifoqining O‘rta Osiyo mamlakatlari bilan sun’iy yo‘ldoshli internet orqali bog‘lanishdagi yondashuviga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etishdi va taklif etilayotgan loyiha yuzasidan qisqacha ma’lumot berib o‘tishdi. Bundan tashqari, loyihani moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining yordami haqida ma’lumot taqdim etildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston vakillari tomonidan mazkur loyihaga qiziqish bildirildi va mamlakatda loyihani amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy va texnik to‘siqlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar loyihani kengroq o‘rganish maqsadida maslahatlashuv uchrashuvlarini davom ettirishga kelishib oldilar.