Foydalanish sohalari

Telekom

Simsiz texnologiyalarning texnologik taraqqiyoti va internet texnologiyalarining rivojlanishi tufayli telekommunikatsiya sohasi hozirgi kunda eng tez rivojlanayotgan tarmoq hisoblanadi. Yangi tarmoqlarni loyihalashtirish va qurish suratlarini tezlashtirish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish telekommunikatsiya infratuzilmani boshqarish sohasidagi asosiy vazifalaridandir.

Geoaxborot tizimi va Geofazoviy maʼlumotlarini tadbiq etish samarali tizimni boshqarish va rivojlantirish shuningdek tarmoqni loyihalashtirish asoslari hisoblanadi.

Geofazoviy maʼlumotlar telekommunikatsiya sohasida bir qator dolzarb muammolarni hal qilish uchun juda muhimdir:

mavjud tarmoqlar va atrof-muhitni fazoviy tahlil qilish;

tarmoqni rejalashtirishda fazoviy tahlil va modellashtirish;

uyali antennalar, PCS radio portallar, fiber tugunlari va retranslyatorlar uchun tegishli hisob-kitoblar bilan joy tanlash;

ko‘chalar va temir yo‘llarning markaziy yo‘nalishlarini, shuningdek turli xil yer osti kommunikatsiyalarini hisobga olgan holda kabel yotqizish uchun maʼqul marshrutni aniqlash;

profillar ustini hisobga olgan holda radiorele liniyalarining optimal joylashishini aniqlash;

belgilangan nuqtalardan optik ko‘rinish (antenna joylari);

radio to‘lqinlarning tarqalishini modellashtirish va ularning qamrov zonalarini tahlil qilish;

elektromagnit maydon kattaligini geografik bog‘langan o‘lchovlarini olish va uni tahlil qilish;

ekspluatatsion maʼlumotlar bazasining ajralmas qismi sifatida fazoviy maʼlumotlar (fizik tarmoq, yerdan foydalanish va boshqalar).