Jurnalist, bloger va ommaviy axborot vositalari xodimlari diqqatiga!

Sana: 30.01.2024

Sizni Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan 2024 yil 1 fevral kuni soat 12:00 da AOKA binosida “O‘zbekkosmos” agentligining “2023 yil yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2024 yildagi ustuvor vazifalari bo‘yicha” tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz! 

Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil maʼlumotga ega bo‘lish hamda Agentlik faoliyatiga doir o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, unda marhamat. 

Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.